Lingard depressiya haqida: "Og'riqdan qutulish uchun icha boshladim. Mas'uliyatni unutishga urindim"

Aslanov Jasurbek
14 noya 2022
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Jessi Lingard depressiyaga tushgani haqida gapirib berdi.

"Avtopilot yoqilib qolgan insondek yashadim. Odamlar bilan muloqot qilardim, biroq ma'lumot bir qulog'imdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketardi. Hech narsan his qilishni xohlamasdim. Onamda depressiya bo'lgan, men ham shu muammoga duch keldim. Maydon tashqarisida hech kim muammolarim haqida bilmasdi. Ko'pchilikning fikricha, agar sen futbolchi bo'lsang va yaxshi uyda yashab, puling bo'lsa har qanday muammoni hal qilish mumkin. Ammo bunday emas. Hammamiz ham odammiz.

Qiyin bo'lgan. Uzoq davr mobaynida shu holatda edim. Futbol - hayotim mazmuni, ammo o'sha paytlarda uni o'ynashni xohlamasdim. Yashayotganimni tushunmasdim. Biroz to'xtab, shunchaki uyda bo'lishni xohladim. Og'riqdan qutulish uchun ichishni boshladim, biroq hech qachon alkogol ishqibozi bo'lmaganman. Keyin o'zimga nazar tashladim va hammasi juda yomonligini tushundim. Juda ko'p ichmasdim, bu narsahaftada bir necha marta sodir bo'lardi. Mas'uliyatdan qutulishni istardim. Hech kimga suyana olmasligimni bilganimdan so'ng shu yo'lga o'tganman" - deydi Lingard.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian