Liga 1. PSJ o'z maydonida “Strasburg”ni yuta olmadi

8 apr 2019, 07:38
Fransiya chempionatining 31-turi doirasida peshqadam PSJ o'z maydonida musobaqaning 9-o'rnida borayotgan "Strasburg" klubini qabul qildi.

PSJ mazkur o'yinda g'alaba qozonsa muddatidan avval chempion bo'lardi. Ammo o'yin tomonlarning 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

PSJ – Strasburg 2:2

Gollar: 1:0 – 13 Shupo-Moting, 1:1 – 26 Da Koshta, 1:2 – 38 Gonsalves, 2:2 – 82 Kerer.

PSJ – Buffon, Dagba, Tiago Silva, Kimpembe, Kurzava (Draksler, 60), Dani Alves, Paredes, Verratti, Bernat, Nkunku (Kerer, 76), Shupo-Moting (Mbappe, 60).

Strasbur – Zels, Lala, Kasi, Mitrovich, Martines, Karol, Gonsalves (Lienar, 65), Prcich, Sissoko, Da Koshta (Gransir, 73), Ajork (Motiba, 86).

Ogohlantirishlar: Lala (57), Zels (88).


Manba: Championat.asia