"Leyptsig" sardori 4 ligada o'ynagan paytida shartnomaga Chempionlar ligasiga chiqish uchun band qo'shgan ekan

Aslanov Jasurbek
9 may 2017, 16:41
"Leyptsig" sardori Dominik Krayzer jamoa 2012 yila 4-darajali ligada o'ynagan paytida shartnoma bandiga qo'shgan sharti uchun 300 ming evro ishlab oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar klub Chempionlar ligasiga chiqsa futbolchi bonus puli olishi belgilangan.

"Leyptsig" Bundesliga yakunlanishidan 2 tur oldin kelasi mavsum Chempionlar ligasining guruh bosqichida o'ynash masalasini hal qildi.

"Uzoq muddatli shartnomalar bilan shunday bo'ladi. Voqealar rivojining turli tomonlarini o'ylab ko'rish kerak" - deydi Kayzer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild