"Leyptsig" Ispaniya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023
"RB Leyptsig" "Granada" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Brayan Saragosaga qiziqish bildirmoqda.

Brayanni Shvetsiya termasi xavbeki Emil Forsbergning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda. Qishda Emil "Nyu-York Red Bullz" safiga kyetishi kutilmoqda.

Nemis klubi agarda boshqa futbolchi topa olsa, 32 yoshli shvedni qo'yib yuborishga rozi. Bu rolga asosiy nomzod Saragosa sanaladi. "RB Leyptsig" ispaniyalikning 14 million evro qilib belgilangan tovon pulini to'lab berishi mumkin.

Bu mavsum Saragosa La Liganing 13 o'yinida 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi hamda 4 ta sariq kartochka ishlab oldi. 

"Transfermarkt" portali 22 yoshli futbolchini 8 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: kicker.de