Levandovski: “Rejamiz ish berdi. Shvetsiyaga qarshi bahsda favorit emasmiz”

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Evro-2020 turnirida Ispaniyaga (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Himoya va hujumda xatolar ko'zga tashlangan bo'lsada, umumiy qilib olganda Slovakiya bilan bo'lgan o'yinga qaraganda yaxshiroq harakatlandik.

O'ylashimcha, birinchi turda biz chiroyli o'yin ko'rsatib, ko'proq hujumkorlikka e'tibor qaratgandik. Shu jihatlarga asosiy e'tiborni qaratib, boshqa tomonlarni unutib qo'ygandik. Ispaniyaga qarshi bahsda ko'proq himoyalanishmiz kerakligini tushunib turgandik va biz bu vazifani amalladik. Rejamiz ish berdi.

Shvetsiyaga qarshi o'yinda favorit emasmiz. Raqibimiz safida yaxshi futbolchilar bor va judayam og'ir o'yin bo'ladi. Biz doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Bu jihat Ispaniya bilan o'yinda bizga katta yordam berdi”, dedi Levandovski.


Manba: УЕФА расмий сайти