Levandovski Bundesliga rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2016
Bundesliganing 23-turida "Volfsburg"ga qarshi o'yinda (2:0) "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski gol urdi.

Bu bilan polshalik hujumchi "Bayer" vakili Ulfa Kirstenning 1998/1999 yilgi mavsumidagi rekordini takrorladi. Kirsten o'sha mavsumda Menxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi kechgan ikki o'yinda 6ta gol urgandi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya chempionatining 6-turida Levandovski "Volfsburg"ga 9 daqiqa ichida beshta gol urgandi.

Germaniyada bir mavsumda hech qaysi futbolchi bitta klub darvozasiga 6tadan ko'p gol urmagan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de