"Lester" "Barselona" himoyachisiga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
4 apr 2021
Vage Angliya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

"Daily Star" xabariga ko'ra, "Barcelona" himoyachisi Mussa Vage "Lester" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Tulkilar" himoyaning o'ng qanotini 22 yoshli senegallik bilan kuchaytirmoqchi. U ushbu poziciya uchun Rikardo Pereyra bilan kurash olib borishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vage kuzda jarohat olgan va hali safga qaytmagan.

Senegallik o'yinchi ushbu mavsumda Gretsiya chempionatida PAOK tarkibidagi 7 uchrashuvda 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star