

Nashrning yozishicha, Ronaldu va Mendesh o'rtasidagi munosabatlar so'nggi vaqtlarda sovuq bo'lib kelgan. Yakunda portugaliyalik futbolchining Pirs Morganga bergan intervyusi barchasi tugashiga sabab bo'lgan. Mendeshning fikriga ko'ra, intervyu ahmoqona tarzda berilgan.
JCH-2022 vaqtida Mendesh Ronaldu bilan ishlashda davom etishdan mano yo'qligini tushungan. Chunki bunday intervyudan keyin u bilan oldinga qadam tashlash qiyin bo'lishini bilgan.
"Jorje buni xuddi rafiqasining xiyonati kabi qabul qilgan. Gap bunday katta masshtabli agent va futbolchi o'rtasida ketganda shunday intervyular orani ochiq qilishga sabab bo'lardi", - deb iqtibos keltiradi "L’Équipe".



