Leonardo Bonuchchi: "Italiya Yevropa chempionatida barchani lol qoldirishga harakat qiladi"

Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Belgiya (2:0) bilan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.


- Men ko'pincha bu kabi to'p oshirmalarni amalga oshirishga harakat qilaman. Bu ishimni "Yuventus" va Italiya terma jamoasi safida doimo bajarib kelaman. Jakkerini o'z imkoniyatini golga aylantira oldi. Biz bugun himoyada yaxshi o'ynadik. Agarda yaratgan barcha vaziyatlarimizni golga aylantirganimizda, unda hisob boshqacha bo'lardi. Mashg'ulotlarda har xil taktik uslubda shug'ullanamiz, turli xil kombinacion o'yinlarni qilamiz. shu bois kim qayerda paydo bo'lishini yaxshi biladi. Umid qilamizki, bu hali boshlanishi. Yevropa chempionatida barchani lol qoldirish uchun tashrif buyurganmiz.


Manba: Football-Italia