Lempard: "Chelsi"da o'ynayotganingda tarix va emblemani hurmat qilishing kerak"

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 16:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya Kubogi 4-raundi doirasida "Xall"ga qarshi o'yindan keyin futbolchilarga qo'yilgan talablar haqida gapirdi.

"Chelsi"da o'ynayotgan har qanday futbolchi, kim bo'lishingdan qati nazar klub tarixi va emblemasini hurmat qilishing, o'yinlarda qatnashib, barcha turnirlarda sovrinlar uchun kurashishing kerak. "Chelsi"ning talabi shunday. Buni uddalash qiyin, ammo bizda shunday.

O'yinlar esa doimo futbolchilarning ishiga bo'lgan munosabati, sifatlari va qobiliyatlariga qarab tuzib chiqish kerak bo'ladi. Endi buyog'iga turnirda qaysi bosqichga qadar yetib borishimizga qarab rejalarni tuzamiz. Ammo kelasi bosqichlar anchagina og'ir o'tadi", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal