Lemar: "Grizmann "Atletiko"da qoladi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2019, 13:14
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar hujumchi Antuan Grizmanni kelasi mavsum xam Madrid klubida ko'rmoqchi.

"Grizmann "Atletiko"ni tark etmoqchimi, yo'qmi, bilmayman. U jamoada qoladi deb umid qilaman. Klubga kelganimga ko'p bo'lmadi va jamoadoshlarimga ortiqcha savol bermaslikka harakat qilyapman.

Yangi jamoada tizim, ligaga ko'nikish kerak, bu bir soatda amalga oshmaydi. "Atletiko" talablariga javob berish uchun yaxshiroq harakat qilishim lozim. Bu qiyin demoqchi emasman, buni uddalash kerak" - deydi Lemar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com