Legionerlarimiz. Mavlonov gol urdi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021
Bangladesh Mustaqillik kubogining 1-turi doirasida hamyurtimiz Nodir Mavlonov gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Abahani Dakka"ga qarshi kechgan o'yinda Mavlonov 90+1-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. Biroq bu gol uning jamoasiga mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Eslatib o'tamiz, Nodir Mavlonov Bangladesh chempionati ishtirokchisi "Svadhinata Krira Sangha" safida to'p tepmoqda.

"Abahani Dakka" - "Svadhinata Krira Sangha" - 2:1



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia