“Leganes” ustozi: “Qishda Messi va Ronalduni sotib olmoqchi edik, ammo ...”

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2022
“Leganes” bosh murabbiyi Mehdi Nafti yanvarda transfer oynasi unga yoqmasligi haqida gapirdi.

“Qishda kimlar bilan shartnoma imzolashni xohlardim? Messi va Ronaldu, ammo ular transferga qo'yilmagan. Qo'polligim uchun mazur tutasiz, lekin yanvarni eng ahmoqona oy deb hisoblayman. Futbolchilarning ishlashiga ta’sir qiladigan juda ham ko'p mish-mishlar tarqatiladi.

Bu davr tez orada tugaydi degan umiddaman va bizdagi bor futbolchilar bilan kurashishda davom etamiz. Yangi o'yinchilardan esa xabarim yo'q. Bizga yirtqich futbolchilar zarur”, deydi Nafti.

“Leganes” Segunda joriy mavsumida 24 o'yin o'tkazib, 26 ochko to'plagan holda 18-o'rinda bormoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca