

"Arsenal" "Brayton" futbolchisi Leandro Trossardni o'z tarkibiga qo'shib oldi. Londonliklar Trossard uchun 21 mln evro va bonus sifatida 6 mln evro to'lab berishadi. Trossardning "Arsenal" bilan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, futbolchi ushbu mavsum "Brayton" safida APLda 16 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishdi.



