Lautaro so'nggi 8 o'yinda 6+2 ochko ishladi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 11:15
"Inter" forvardi Lautaro Martines A Seriya doirasida "Verona"ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

Shu orqali argentinalik futbolchi jamoasi tarkibidagi so'nggi 8 o'yinida gol+pas tizimida 6+2 ochko ishladi.

Umumiy olganda Lautaro ushbu mavsumda 18 o'yinda qatnashib, 9 gol va 3 assist qayd etdi. Ayni damda u to'purarlar poygasida Viktor Osimxendan keyin ikkinchi bo'lib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal