Laportning Yevropaga qaytish ehtimoli yuqori

Administrator
20 iyul 2025
Saudiyaliklar himoyachini o'z loyihasining bir qismi sifatida ko'rmayaptilar.

"Atletik" Emerik Laportni transfer qilish ustida ish boshladi.

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, Bilbao klubi "Al Nassr"ga dastlabki og'zaki taklifni bildirgan. Saudiyaliklar hozircha Laportni o'z loyihalarining bir qismi deb hisoblamayaptilar, "Atletik" esa ispaniyalik futbolchini qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Himoyachi 2012 yildan 2018 yilgacha ushbu klubda to'p surgan, so'ngra "Manchester Siti"ga o'tgan. Laport 2023 yildan beri "Al Nassr" safida o'ynamoqda - uning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano