Laporta yozda Xoland, Alaba va Garsiya bilan shartnoma imzolamoqchi. Depay Kuman qolsa, "Barsa"ga o'tadi

Alisher
11 mar 2021, 18:24
"Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laporta qaysi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Catalunya Radio'ning LaTdT dasturida klubning transfer maqsadlari muhokama qilindi. Jurnalist Oriol Domenek quyidagilarni aytdi: "Bu yozda Xolandning tovon puli 75 million evro+agenti va otasi uchun komissiya bo'ladi. Kamida - 100 mln evro.

Laporta kelasi mavsum jamoani kuchaytirish uchun Alaba va/yoki Xoland bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi. Erik Garsiya va David Alaba tekinga o'tishadi. Agar Kuman klubda qolsa, "Barselona"ga Depay ham o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com