

Fransiyalik futbolchi "Real Madrid"ga o'tishga yaqin turibdi, biroq Cadena SER jurnalisti Mario Torrexonning so'zlariga ko'ra, Laporta o'z atrofidagilarga Mbappe bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rishini aytgan.
"Laportaning o'z yaqinlariga Mbappeni "Real"dan tortib olishini aytishi Messining qaytishi bilan bir xil. Bu g'alati va imkonsiz narsaga o'xshaydi", – dedi Torrexon.
Eslatib o'tamiz, Kilianning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi PSJ safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



