"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov jamoaga kelishi bilanoq juda yaxshi darajada ekanligini ko'rsatdi"

Sherzod Nurmatov
22 fev 2024
Bugun "Lans" safarda "Frayburg" bilan bellashadi.

Fransiya klubi "Yevropa-park-Shtadion"da "Frayburg"ga qarshi pley-offning javob uchrashuvida Yevropa Ligasi yo'llanmasi uchun maydonga tushadi. Birinchi o'yinda hisob ochilmagandi (0:0), shuning uchun bugungi bahs qizg'in pallada o'tishi kerak. 



Uchrashuvdan oldin lansliklar ustozi Frank Ez himoyachi Abduqodir Husanov haqidagi savolga javob berdi.

- Husanov "Reyms" bilan o'yinda asosiy tarkibda tushgandi. Xo'sh, ertaga qaysi tanlovda to'xtalasiz?

- Barcha variantlar stolda. Abduqodir Husanov "Lans"ga kelishi bilanoq, til to'sig'iga va yosh bo'lishiga qaramay, juda yaxshi darajada ekanligini ko'rsatdi. U himoya markazining chapida, o'ngida va markazida harakat qila oladi va har doim yaxshi o'yin namoyish qiladi. Shuningdek, unga O'zbekiston kattalar terma jamoasida bo'lish tajriba orttirish imkonini berdi.

Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lensois.com