Lamela Gretsiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
21 iyul 2024
Hujumkor yarim himoyachisi Erik Lamela klubini o'zgartirdi.

32 yoshli argentinalik futbolchi Gretsiyaning AEK klubi bilan shartnoma imzoladi. Bitim 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Lamela AEK safiga erkin agent maqomida o'tdi.

Futbolchi faoliyati davomida "River Pleyt", "Roma", "Tottenxem" va "Sevilya" jamoalari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: aekfc.gr