Lallana uchun kurashda qaysi klub favorit ekanligi ma'lum

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2020
"Lester" "Liverpul" o'yinchisi Adam Lallanaga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi.

Lesterliklar futbolchi uchun poygada asosiy favorit, deb yozadi Football Insider.

"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers futbolchini qo'lga kiritish istagida. 

Lallananing "Liverpul" bilan shartnomasi yozda tugaydi. Uning transfer narxi 9,5 million evroga baholanmoqda.

Adam Lallana Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 15 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider