LaLiganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
3 okt 2025
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe LaLiganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiyalik forvard o'tgan oyda 4 o'yinda 5ta gol urdi va ayni damda to'purar bo'lib turibdi. Shuningdek, unda yana bir assist ham bor.

Kilian ushbu etirofga birinchi marta sazovor bo'lmoqda. Bu uchun ovoz berish jarayonida u Pedri ("Barselona"), Pablo Fornals ("Betis"), Ruben Vargas ("Sevilya") va Karl Ett-Eyong ("Levante") kabi futbolchilardan ustunlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: laliga.com