A Seriya. "Napoli" Rimda "Lacio"ni qiyinchiliksiz mag'lub etdi

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
A Seriya 18-tur doirasidagi "Lacio" - "Napoli" o'yini bo'lib o'tdi.

Leonardo Spinaccola (13-daqiqa) va Amir Raxmani (32)ning gollari neapolliklarga Rimda g'alaba olib keldi.

Qayd etish kerakki, muxlislar ushbu o'yinda uchta qizil kartochka guvohi bo'lishdi. "Lacio"dan Tijjani Noslin va Adam Marushich, "Napoli"dan esa Paskual Mazzochcho maydondan chetlatildi. Barcha chetlatishlar o'yinning so'nggi qismida ro'y berdi.

"Napoli" A Seriyada 17 o'yindan so'ng 37 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, "Lacio" ea 18 o'yindan so'ng 24 ochko bilan to'qqizinchi o'ringa joylashgan.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia