La Liganing ikki klubi Shakiri uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
9 avg 2021, 16:28
Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri ushbu transfer oynasida "Liverpul"dan kyetishga yaqin.

29 yoshli futbolchiga La Liganing "Vilyarreal" va "Sevilya" klublari qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" rahbariyati ham o'yinchi bilan yozda xayrlashishga tayyor.

Jyerdan "Liverpul"da 2018 yilning iyulidan beri harakat qiladi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi kelasi mavsumning so'nggida yakuniga etadi.

Shakiri o'tgan mavsum Premer-liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes