La-liga va Segunda o'yinlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014
Ispaniya La-ligasining 35-turi hamda segundaning 36-tur uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.

Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi qaror qabul qildi. Bu daqiqa  “Barselona” sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanovaning xotirasiga bag'ishlanadi.

Eslatib o'tamiz, kecha tunda Vilanova ikki yil davom etgan saraton xastaligidan so'ng, 45 yoshida hayot bilan vidolashgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com