La Liga. “Selta” “Xetafe”ni yuta olmadi

Ispaniya La Ligasi 7-turidan o'rin olgan so'nggi bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Selta” jamoasi “Xetafe”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlarni 33-daqiqada Maksi Gomes hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, mehmonlardan 78-daqiqada Mata gol kiritib bellashuvning durang natijasi bilan yakun topishini taminladi.

“Selta” – “Xetafe” 1:1

Gollar: 1:0 – 33 Maksi Gomes, 1:1 – 78 Mata.

“Selta” – Alvares, Malo, Kabral, Ronkalya (Sisto, 81), Alonso, Yensen (Arauxo, 77), Beltran (Yokushlu, 59), Lobotka, Brais Mendes, Aspas, Maksi Gomes.

“Xetafe” – Soriya, Suares, Dakonam, Bruno Gonsales, Antunesh, Portilo, Arambarri (Mata, 66), Maksimovich, Ndiaye (Bergara, 89), Anxel (Ibanes, 76), Molina.

Ogohlantirishlar: Bruno Gonsales (20), Portilo (82), Aspas (82), Malo (90).

La Liga turnir jadvali bilan tanishing!


Manba: Championat.asia