La Liga klubi SSKA futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
16 avg 2021, 15:28
SSKA himoyachisi Bruno Fuks faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Braziliya bilan Olimpiadada chempion bo'lgan 22 yoshli braziliyalik futbolchiga "Selta" qiziqish bildirmoqda. Vigo klubi o'yinchini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

SSKA Fuks bilan xayrlashishga tayyor, ammo "armiyachilar" himoyachining to'laqonli transferini talab qilishmoqda.

Bruno o'tgan yilning yozida Moskva klubiga o'tgan edi. O'yinchi SSKA bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Fuks 2020/21 yilgi mavsum Rossiya chempionatida atigi 1ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Noticias Celta