La Liga ijrochi direktori: "Ronaldu A Seriyaga ketgach, ularning daromadi kamaydi, bizda esa aksincha"

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2021
La Liga bosh direktori Oskar Mayo Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tganidan keyingi holatni fosh qildi.

La Liga bosh direktori Oskar Mayo Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tganidan keyingi holatni fosh qildi.

"A Seriya Ronaldu kelguniga qadar 350 million evro daromad olardi, keyinchalik esa bu ko'rsatkich 170 million yevropa tushdi. Yani, ularning daromadi 50 foizga kamaydi, garchi butun dunyo Ronaldu liganing mashhurligini yuksaltirdi deb o'ylasalar ham", - dedi Mayo. 

"Bizda esa, aksincha, daromad ko'paygan: hozirda biz 800 million evro daromad olamiz. Ronaldu ketganidan keyin bizning foydamiz 13 foizga o'sdi", - deya xulosa qildi La Liga ijrochi direktori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo