KXDR Sharqiy Osiyo kubogiga yo'llanma oldi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2014
Kecha Sharqiy Osiyo kubogi ikkinchi saralash bosqichi o'z yakuniga etdi.
Unda Osiyo Kubogi-2015da O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqibi KXDR terma jamoasi ishtirok etayotgani haqida ma'lumot bergandik.

Koreyslar kecha Xitoy Taypei bilan durang (0:0) o'ynab kelgusi yil avgust oyida Xitoyda bo'lib o'tadigan Sharqiy Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanma olishdi.

Final bosqichida shuningdek, Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari ishtirok etishadi.

1-tur. 13 noyabr
KXDR - Gonkong 2:1
Gollar:
Ri Chol Myong 59, O Xyok Chol 80 - Makki 83.

Xitoy Taypei - Guam 1:2

2-tur. 16 noyabr
Guam - KXDR 1:5
Gollar
: Kunliffe 61 - Jong Il Gvan 14, 72, Ri Sang Chol 85, 89, Ke Song Xyok 90.

Xitoy Taypei - Gonkong 0:1

3-tur. 19 noyabr
Gonkong - Guam 0:0
Xitoy Taypei - KXDR 0:0

#JamoalarO'YUDMT-NO
1KXDR32107:27
2Gonkong31112:24
3Guam31113:64
4Xitoy Taypei30121:31


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia