Kvaratsxeliya shartnomani uzaytirish borasida "Napoli" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
3 mar 2024, 15:24
Yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliya yangi shartnoma imzolash borasida "Napoli" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. O'yinchining maoshi yangi bitimga ko'ra sezilarli darajada oshadi.

O'yinchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 80 mln evroga teng. 

23 yoshli Xvicha joriy mavsum 34ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira