Kurtua: "Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2021
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Ayniqsa, to'p nazorati borasida. Ikkinchi bo'limda esa ular pressing qilishni boshlashdi. Biz esa to'p bilan ishlashda xotirjamlikni yo'qotib qo'ydik. 

Gollarni sovg'a qildik. Afsus. 2:0 hisobi Fransiya bilan o'yinda etmasligini bilgandik. 

Endi Italiyaga qarshi o'yindan mano yo'q. Millatlar ligasida kim uchinchi o'rin bo'lishining ahamiyati yo'q. Nima uchun bu o'yin kerak, tushunmayman", - dedi Kurtua. 






Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: RMC Sport