Kurtua "Chelsi"ning ikkinchi mashg'ulotini o'tkazib yubordi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2018
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning ketma-ket ikkinchi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.

Dushanba kuni belgiyalik futbolchi London klubi safiga qaytmasligi, "Real"ga o'tmoqchi ekanli ma'lum bo'ldi.

"Chelsi" bu ish uchun 26 yoshli darvozabonga 200 ming funt jarima soladi.

Oldinroq, Kepa Arrisabalaga va Yan Oblakni "Chelsi" qiziqishlari doirasida ekanligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC