"Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytish-qaytmaslik masalasini o'zi hal qilishi g'alati"

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
Darvozabon Koen Kastels Tibo Kurtuaning Belgiya terma jamoasiga qaytishidan xursand emasligini ochiq aytdi.

Oldinroq Kurtua bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan kelishmovchilik tufayli terma jamoadan ketishini ma'lum qilgandi. U iste'foga chiqarilgach, "Real" darvozaboni termaga qaytishi haqida gapirdi.

"Tiboga terma jamoaga qaytishi mumkinmi yoki yo'qligi bo'yicha o'zi qaror qilishi menga g'alati tuyuladi. Federatsiyaning qizil gilam yoyib chiqayotgani ham juda g'alati ko'rinadi", – dedi Kurtua Belgiya termasiga qaytishini e'lon qilganidan keyin milliy jamoadagi faoliyatini tugatgan Kastels.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Xtra