

"O'ylaymanki, mavsum boshida jamoamizda psixologik muammolar bo'lgandi. Chunki, jismoniy tomonlama biz tayyor edik. Bizda doimo motivaciya bo'ladi. Lekin, sen chempion bo'lgan vaqtingda bu boshqa masala. Endi esa sovrinni himoya qila olishga qodir ekanligimizni ko'rsatdik. "Arsenal"ga qarshi o'yin faqatgina boshlanishi edi. Umid qilamanki, biz hali yana yuqoriga qaytamiz", - deydi Zuma.



