Kuper jarohat olgan Doston Hamdamov o'rniga "Bunyodkor" futbolchisini yig'inga jalb qildi

Tolibjon Qosimov
27 may 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28 may - 12 iyun kunlari yig'in o'tkazadi.

Yig'in doirasida Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilishi haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur yig'inga jalb qilingan futbolchilar ro'yxati bir oz avval e'lon qilindi.

Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor

Avval boshda mazkur ro'yxatda "Paxtakor" a'zosi Doston Hamdamov ham bor edi. Ammo u jarohat olgani sababli ro'yxatga kiritilmadi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper Doston Hamdamov o'rnini to'ldirishi uchun "Bunyodkor" klubidan Xurshid G'iyosovni yig'inga jalb qildi.

"Bunyodkor"ning 24 yoshli futbolchisi so'nggi turlarda ajoyib o'yin namoyish qilib, muxlis-u mutaxassislarning e'tiboriga tushib kelayotgandi. Ektor Kuper ham Xurshid G'iyosovni sinab ko'rishga qaror qildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz