Kuman Xoland bilan emas, Lukaku bilan shartnoma imzolashni afzal ko'radi

Alisher
14 mar 2021
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoada "Inter" forvardi Romelu Lukakuni ko'rishni xohlar edi.

57 yoshli mutaxassis "ko'k-anorranglilar" qiziqayotgan Erling Xolandning o'rniga belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni afzal ko'rgan bo'lar edi.

Shunga qaramay, "Barsa" rahbariyati Kumaninng fikriga qo'shilmaydi. Kataloniya klubi yangi prezidenti Joan Laporta Xolandni yozda Ispaniyaga olib kelmoqchi.

O'z vaqtida "Inter" ham Lukakuni sotishni ko'rib chiqmayapti. Lukaku va Kuman "Everton"da birga ishlashgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fapor_elmundo