Kuman: “Suares qolganda, boshqalarga nisbatan kamroq maydonga tushardi”

Eldor Akmurzayev
18 okt 2020
“Barselona” ustozi Ronald Kuman Luis Suaresning jamoadan ketishiga munosabat bildirdi.

“Suares tatilda edi, bu esa vaziyatni murakkablashtirayotgandi. Shu sabab u bilan ko'rishib emas, balki telefon orqali suhbatlashdim. Boshqa variant ham yo'q edi.

Biror narsani o'zgartirish kerakligi aniq edi. Klub shunday deb hisobladi, men ham shunday o'yladim. Fati va Pedri kabi yosh iqtidorlar rivojlanib kelmoqda. Agar Suares qolganda, boshqalarga nisbatan kamroq maydonga tushardi.

Suaresning norozi bo'lganini tushunaman. Biroq, u ketayotganida barcha murabbiylar bilan xayrlashdi. O'ylashimcha, agar u kimdandir darg'azab bo'lsa, bunday qilmagan bo'lardi. Menimcha, biz imkon qadar ochiq va halol tarzda buni ish tutdik”, deydi Kuman.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru