Kuman nega "Barselona" uchun Niderlandiya terma jamoasidan ketganini tushuntirdi

Alisher
25 dek 2020
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman ispan klubi u bilan shu yilning yanvaridayoq aloqaga chiqqanini aytdi.

57 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar jamoasini avgustida qabul qilib oldi.

"Barsa" yanvarda meni taklif qildi, ammo men Evro-2020ga 3-4 oy qolganda keta olmasdim. Keyin Covid-19 pandemiyasi, yurak huruji, men narsalarga boshqacha qaray boshladim.

Men o'z orzuimni ro'yobga chiqarishim kerak edi - "Barselona"ni shug'ullantirish. Bartomeu menga yana qo'ng'iroq qilganda, men birdan rozi bo'ldim. 57 yoshdaman. "Hozir yoki hech qachon" vaziyatida edim", - deydi Kuman.

"Barselona" La Ligada 14 turdan so'ng 24 ochko jamg'argan holda 6-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo