Kuman: "Nazariy jihatdan olib qaraganda, biz guruhdagi eng yaxshisimiz"

Mirjalol Normatov
10 okt 2020
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman YCHLdagi guruh haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar YCHL guruh bosqichida "Yuventus", Kievning "Dinamo"si va "Ferencvarosh"ga qarshi bahs olib boradi.

"Nazariy jihatdan olib qaraganda, biz guruhdagi eng yaxshisimiz. Biroq buni isbotlash kerak. Biz yaxshi tayyorlanib, raqiblarni taxlil qila olishimiz kerak. "Yuventus" yildan yilga rivojlanmoqda, tarkibda Krishtianu Ronaldu kabi hujumchi bor. Biroq bizda Pyanich ushbu raqib haqida ko'proq ma'lumot berishi mumkin", - dedi Kuman.

"Barselona" so'nggi bora 2015  yilda YCHL sovrinini qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal