Kuman: "Barselona"ning uslubi oldingi yillardan ko'ra himoyaviyroq bo'lishi mumkin"

Alisher
13 sen 2020
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman o'rtoqlik o'yini doirasidagi "Ximnastik" (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng jamoada qanday futbol qurmoqchiligini aytdi.

"Uslub boshqacha, aniqrog'i oldingi yillarga nisbatadan qaysidir jihatlar bilan himoyaviyroq bo'lishi mumkin.

Bizning maqsadimiz - to'p bilan harakat qilish, uni ushlash va chiziqlar orasida yarim himoyachilar ortida o'ynash uchun hudud yaratish.

O'ylaymanki, ushbu jamoa bunga qodir, sababi jamoamiz tarkibida bunday o'yin uslubi uchun yarim himoyachilar bor", - deydi Kuman.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com