Kuman "Barselona" murabbiyi bo'lishi haqida: "Bo'lishi mumkin, lekin Evro-2020 oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman"

Gollandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman kelajakda "Barselona" ustoziga aylanishi mumkinligini inkor etmadi.

"Bo'lishi mumkin, lekin Yevropa chempionati oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman", – deydi Kuman. 

56 yoshli murabbiy Evro-2020gadan keyin "Barselona"ga o'tib ketishi mumkin. Bunday band uning Gollandiya termasi bilan tuo'gan shartnomasida bor. 

Kuman kataloniyaliklar safida o'ynagan (1989-1995) va murabbiylar shtabiga kiritilgan (1998-2000). U "Barsa" bilan 10 ta sovrin yutgan. Sovrinlar orasida Chempionlar ligasi ham bor.


Manba: mundodeportivo.com