Kulibali "Chelsi"dagi debyut goli haqida: "Quvonchdan ettinchi osmonda edim"

Alisher
15 avg 2022, 18:47
"Chelsi" yangi o'yinchisi Kalidu Kulibali "ko'klar" safida debyut goli haqida o'z fikrini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, senegallik kecha Mark Kukurelyaning pasidan so'ng "Tottenxem" darvozasini ishg'ol qildi. O'yin esa 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Aqlbovar qilmas his bo'ldi. Stadiondagi atmosfera esa shunchaki ajoyib edi, muxlislar meni ismimni aytishganida, quvonchdan ettinchi osmonda edim", – deydi Kulibali.

"Chelsi" APLda ikki turdan so'ng 4 ochko jamg'ardi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru