Kuchli beshlik chempionatlaridagi eng qimmat jamoa nomi aniqlandi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2021, 22:36
KPMG auditorlik kompaniyasi Yevropaning eng kuchli ligalaridagi qimmat jamoalar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko'ra, dunyoning eng qimmat jamoasi sifatida "Liverpul" tan olindi. Unga ko'ra, mersisaydliklar futbolchilari 1,094 mlrd evroga baholandi. 2-o'rinda esa "Bavariya" (943,4 mln evro) qayd etildi. Kuchli uchlikni "Real" (874,2 mln evro) yopib berdi.

PSJ tarkibi 806,6 mln evroga baholangan bo'lsa, "Yuventus"dagilar 734,4 mln evroga narxlandi. "Portu"ning umumiy narxi 214,4 mln evroni tashkil qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: KPMG