

Ko'pchilik o'quvchilarni kuchli chempionatlarning O'zbekistondagi translyatsiyasi masalasi qiziqtirmoqda.
Xo'sh, kuchli chempionatlar translyatsiyasi O'zbekistonda qaysidir telekanal orqali namoyish etiladimi? Javob: Yo'q.
Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda hech bir o'zbek telekanali na APL, na La Liga, na boshqa chempionat translyatsiya huquqini xarid qilgan.
Bugungi kunda barcha chempionatlarni "Setanta Sports" sport platformasi orqali kuzatib borish imkoniga egasiz. Platforma yangi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi, Angliya Premer-ligasi, La Liga, A Seriya, Bundesliga, Liga 1 va Saudiya Arabistoni Pro Ligasi uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etishi rejalashtirilgan.
Chempionatlar start olish sanasi:
La Liga – 15 avgust
Liga 1 – 16 avgust
APL – 16 avgust
A Seriya – 17 avgust
Bundesliga – 23 avgust
Eslatib o'tamiz, bu xabar translyatsiyalar bo'yicha yakuniy xulosani anglatmaydi. Agar ushbu masala bo'yicha qandaydir yangilik bo'lsa, bu haqda sizga birinchilardan bo'lib ma'lumot etkazishga harakat qilamiz.



