Kroyff "Barselona"dan ketmoqda

Mirjalol Normatov
16 may 2023
"Barselona" sport direktori Yordi Kroyff 30 iyun kuni o'z lavozimini tark etishi ma'lum qilindi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati Kroyff ushbu mavsumda yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmasligini ma'lum qildi. Mutaxassis "Barselona" prezidenti Joan Laportaga boshqa chaqiruvlarni qabul qilish istagi borligini aytgan.

Oldinroq "Barselona" direktori Mateu Alemani ham klubdan ketishi borasida rasman ma'lumot berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com