

"Ispaniya, Portugaliya, Fransiya va Marokash - asosiy favoritlar. Men Braziliyani tilga olmadim, ammo u ham favorit bo'lishi mumkin. Germaniya? O'ylashimcha, Germaniya har doim yaqin, lekin men ularni asosiy davogarlar qatorida ko'rmayapman", – dedi Kroos.

35 yoshli Kroos 2014 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. U Germaniya terma jamoasi safida 114 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan.
Jahon chempionati-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Avvalroq Toni Kroos tarixdagi eng ulug' murabbiyni aytgan edi.



