

32 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda va katta ehtimol bilan "Real" uning so'nggi klubi bo'ladi. Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi hech qaerga kyetishdan manfaatdor emasligini bir necha bor takidlagan va Premer-liga vakillariga rad javobini bergan. Manbaning xabariga ko'ra, so'nggi transfer oynalarida Angliyaning bir qancha top-klublari Kroosni qo'lga kiritishga harakat qilishgan, ammo "qaymoqranglilar" faxriysi transferga qiziqish bildirmadi.
Yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.



