"Kristal Pelas" Zaxani klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi

Aslanov Jasurbek
3 apr 2017
"Kristal Pelas" jamoa yarim himoyachisi Uilfrid Zaxaga shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qilmoqchi.

Shunday qilib London klubi rahbariyati 24 yoshli ivuarlikni boshqa klublar ilib ketishidan asramoqchi.

Zaxa va "Kristal Pelas" o'rtasidagi amaldagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi. Agar London klubi APLdan jon saqlab qolsa, Uilfridni klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi. Ayni damda jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi Kristian Benteke (haftasiga 110 ming funt).

Ma'lumotlarga ko'ra, Zaxaga "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Tottenxem" davogarlik qilmoqda.

Zaxa joriy mavsum APLning 26 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian