"Kristal Pelas" Zaxani 90 million evroga sotishga tayyor

Narzulla Saydullayev
16 may 2019, 14:55
"Kristal Pelas"ning ivuarlik hujumchisi Uilfrid Zaxa yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin.

London klubi futbolchini 90 million evroga sotishga tayyor. Oldin xabar berilganidek, forvardga "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Arsenal" va Xitoy klublari qiziqmoqda. Zaxaning o'zi esa Chempionlar ligasida o'ynaydigan klub safiga borib qo'shilmoqchi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail