"Kristal Pelas" Zaani 33 million evroga sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
4 avg 2020
"Kristal Pelas" hujumchi Vilfrid Zaaning transfer narxini belgiladi.

Sky Sports xabariga ko'ra, London klubi futbolchini 33 million evroga sotishga tayyor. Futbolchiga "Arsenal" va "Chelsi" klublari tomonidan qiziqish mavjud.

Zaa o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 38 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 44 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports

O'xshash yangiliklar